"Lokomotiv" derbiga tayyorgarlik ko'rishni boshladi

Xayrulla Xoliqov
13 mar 2019
11 mart kuni Dohada Osiyo chempionlar ligasi 2-tur bahsini o'tkazib qaytgan "Lokomotiv" bugundan yana mashg'ulotlarga kirishdi.

"Temiryo'lchilar" 16 mart kuni Coca Cola Superligasi 1-tur bahsida "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushishadi. "Paxtakor" markaziy stadionida kechadigan bellashuv soat 18:00da boshlanadi. Jamoa a'zolari bugundan yig'ilib mazkur bahsga hozirlik ko'rishni boshlashdi. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz