

Toshkentga qaytib kelgan “temiryo'lchilar” bugundan mashg'ulotlarga kirishishdi. Jamoa “Lokomotiv” stadionida mashg'ulot o'tkazdi va oldindagi “Al Ahli”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi. Mashg'ulot jarayonida barcha ishtirok etdi. Bugun asosan to'p bilan muomala mashqlariga alohida e'tibor qaratildi.
Mashg'ulot yakuniga etgach, bir qator o'yinchilar qo'shimcha ravishda darvoza tomon zarba yo'llash mashqlarini bajarish uchun qolishdi va Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol etishga urinib ko'rishdi.






