"Lokomotiv" "Adidas" bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

Mirjalol Normatov
21 dek 2021
"Lokomotiv" PFK "Adidas" brendi bilan shartnoma imzoladi.

Yangi mavsumda "Lokomotiv" futbolchilari, murabbiylari aynan ushbu brend ostidagi liboslardan foydalanishadi.

Shuningdek, liboslar, mashg'ulot anjomlari va futbolchilar uchun kerakli bo'lgan barcha jixozlarni o'z manziliga olib kelishda klub "TeamSport" kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlaydi.

Bilasiz, "Lokomotiv" futbol klubi so'nggi 9 yil davomida "Joma" brendi bilan hamkorlik qilib keldi. Uzoq yillik sifatli hamkorlik uchun klub "Joma" kompaniyasiga minnatdorlik bildirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати