

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 22:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da boshlanadi.
Toshkentdan Dubayga uchgan "Loko" futbolchilari manzilga yetib kelgach, avtobusda BAA poytaxti Abu Dabi tomon yo'lga chiqishdi. Avtobusda bir yarim soatlik yo'l bosib o'tilgach jamoamiz shaharga yetib keldi va "Andaz" mehmonxonasiga joylashdi. Bugun kechki payt mahalliy vaqt bilan 18:00da futbolchilar stadionga yo'l olib mashg'ulot o'tkazishadi.








