"Lokobol-2019" musobaqasining 2-bosqich yarim finalchilari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
8 may 2019
Tojikistonning Xo'jand shahrida DFL (Bolalar futbol ligasi) tashkilotining eng yirik musobaqasi, "Lokobol-2019" start oldi.

Musobaqaning Markaziy Osiyo bosqichiga 2018 yil Toshkent mezbonlik qilgan edi. Bu yilgi mezbon etib Tojikistonning Xo'jand shahri tanlandi. Musobaqaning 1-bosqichi Toshkent va Buxoro shaharlarida bo'lib o'tgan edi. "Navro'z Kubogi" musobaqalarida yarim finalga chiqqan jamoalar, "Odil Junior", "Bunyodkor", Toshkent Akademiya, "Spartak", "Buxoro", Guliston BO'SM, "Nasaf" va "Navbahor" Markaziy Osiyo bosqichiga yo'llanma olgan edilar.

Xo'jand bosqichida faqat ikki jamoa ishtirok etmayapti, "Bunyodkor" va Toshkent Akademiya. Musobaqa 3ta guruhdan iborat bo'lib, har birida 5tadan jamoalar guruh g'olibligi uchun kurash olib bordi.

Kecha yarim finalga chiqqan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. Ushbu bosqich o'yinlari 9 may kuni bo'lib o'tadi.

1/2 final
"Odil Junior" - "Spartak-2"
"Spartak" - "Ilbirs"

Bugun esa "Lokomotiv" Moskva futbol akademiyasi kuratori Andrey Lebedev ishtirokida murabbiylar uchun semenar o'tkaziladi.

Ushbu musobaqa g'olibi Barnaulda bo'lib o'tadigan bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia