

Manbaning xabariga ko'ra, Kyuyt kikbokschi Riko Verxoven tomonidan tashkil etilgan "Hit It" turniridagi jangda ishtirok etadi. 41 yoshli sobiq futbolchining raqibi hali ma'lum emas.
"Albatta, men futboldan bu erga kelganman hamda raqobatbardosh muhitni sog'inganman. Bu olishuv Niderlandiya terma jamoasining o'yiniga o'xshaydi: atrofidagilarning e'tibori va ko'ngildagi hissiyotlar to'qnashuvi. O'zimning shinam doiramdan chetga chiqib, boshqa sport bilan shug'ullanish men uchun katta mashaqqat bo'ladi. Men bir necha oy davomida zo'r berib shug'ullanmoqchiman", - dedi Kyuyt.


