"Liverpul"ning Keyta bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari to'xtadi

Alisher
22 avg 2022, 15:17
"Liverpul"ning yarim himoyachi Nabi Keyta bilan bitimni uzaytirish bo'yicha muzokaralari to'xtab qoldi.

Mersisaydliklar rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp 27 yoshli gvineyalik bilan yangi kelishuvni imzolashmoqchi, ammo futbolchi klubdagi holatidan norozi va tez-tez maydonga chiqmoqchi.

Keyta "Liverpul"ga 2018 yilning iyulida "Leyptsig"dan o'tgan. O'yinchi joriy mavsum faqatgina "Manchester Siti" (3:1)ga qarshi Angliya Superkubogi o'yinida 85-daqiqada maydonga tushdi.

Keytaning "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal