"Liverpul"ning ikki futbolchisi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Aziz Tukhtamuradov
1 okt 2021, 09:10
Himoyachi Trent Aleksander-Arnold va yarim himoyachi Tyago Alkantara APL 7-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan o'yinda "Liverpul"ga yordam bera olmaydi.
Trent YCHL doirasida "Portu"ga qarshi kechadigan o'yin oldidan jarohat olgandi. Alkantara esa bungacha olingan jarohatini davolash bilan band.