"Liverpul"ga qarshi o'yinda "Arsenal"da sardor o'zgarishi mumkin

Alisher
30 okt 2019, 11:22
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri Mesut O'zilning Angliya Kubogi doirasidagi o'yinda maydonga tushishi haqidagi savolga javob berdi.

"Men u bilan gaplashib oldim, chunki men uning jamoamizga "Liverpul"ga qarshi o'yinda qanday foyda keltira olishini bilmoqchi edim.

Suhbat yaxshi o'tdi. U bugun tarkibda bo'ladi. Bizga uning mahorati hozir juda ham zarur.

O'zil sardor bo'lishi mumkin? Vaziyatga bog'liq. Ha to'g'ri, u sardor bog'ichini taqishi mumkin", - deydi Unai Emeri.


AlisherMuallif
Manba: The Sun