"Liverpul"ga qarshi o'yin paytida PSJ futbolchisining uyiga o'g'ri tushdi

Aslanov Jasurbek
30 noya 2018, 10:55
"Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvi paytida PSJ hujumchisi Erik Chupo-Moting uyida o'g'irlik sodir bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining uyidan 400 ming evroga teng qimmatbaho zargarlik buyumlari, 200 ming evrolik rojdestvo sovg'alari o'marib ketilgan. Jinoyatchilar uyga deraza orqali kirishgani taxmin qilinmoqda.

Chupo-Moting "Liverpul"ga qarshi bahsning 65-daqiqasida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Bleu