"Liverpul"ga "Manchester Siti" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
18 may 2020, 20:33
"Sport Bild" jurnalisti Kristian Falk o'z tvitterida "Manchester Siti" futbolchisi Leroy Sanega "Liverpul" tomonidan qiziqishlar bo'layotganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, mersisaydliklar futbolchiga 2021 yili erkin agent sifatida o'tmaslikni tavsiya qilmoqda. Ular Sanega katta maosh vada qilishgan.

Biroq "Liverpul"ning qiziqishiga Sane tomonidan katta e'tibor berilmagan. Ikki klub o'rtasidagi raqobat va muxlislarning fikri unga qiziqroq bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida Rahim Sterling "Liverpul"dan "Manchester Siti"ga o'tgani uchun hali ham muxlislar tomonidan keskin tanqid ostiga olinadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Bild