"Liverpul"dan 4, "Chelsi"dan 2 futbolchi. APLning dastlabki 11 tur ramziy termasi tuzildi

Mirjalol Normatov
17 noya 2024
Afsonaviy sobiq futbolchi Alan Shirer APLning dastlabki 11 turi ramziy termasini tuzdi.

Unga ko'ra, ramziy terma shunday ko'rinish oldi:

Darvozabon – Matc Zels ("Nottingem Forest");

Himoyachilar – Trent Aleksander-Arnold, Virdjil van Deyk (ikkisi "Liverpul"dan), Nikola Milenkovich ("Nottingem Forest"), Entoni Robinson ("Fulxem");

Yarim himoyachilar – Moyses Kaysedo, Koul Palmer (ikkisi "Chelsi"dan), Rayan Gravenberx ("Liverpul");

Vingerlar – Brian Mbemo ("Brentford"), Muhammad Saloh ("Liverpul");

Hujumchi – Kris Vud ("Nottingem Forest").


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: premierleague.com