"Liverpul"da yana bir yo'qotish: Jota 2 oyni o'tkazib yuboradi (Record)

13 dek 2020, 00:42
"Liverpul" yarim himoyachisi Diogu Jota tizzasidagi jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan.

24 yoshli portugaliyalik futbolchi YCHL 6-turidan o'rin olgan "Midtyulland" bilan o'yinda oyog'ini shikastlab olgan edi.

Record nashrining xabariga ko'ra, jarohat jiddiy bo'lib chiqqan va Jota yaqin 2 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuboradi.

U joriy mavsum 17 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi.


Manba: Record