“Liverpul” yozda 4 futbolchi bilan xayrlashishga tayyor

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020, 14:45
Bular, himoyachilar Deyan Lovren, Nataniel Klayn hamda Adam Lallana va Jyerdan Shakiridir.

Lovren joriy mavsum “qizillar” tarkibida 14 o'yin o'tkazib, 1+1 natija qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil tugaydi. 

Shakiri ushbu mavsum 10 o'yinda 1ta gol urishga erishdi. Uning kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 

Lallana esa 22 bahsda qatnashib, bir gol va 2 assistni o'z hisobiga yozdirgan. Adamning shartnoma muddati joriy yozda o'z yakuniga etadi. 

Yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilardan farqli ravishda 28 yoshli Klayn mersisaydliklar tarkibida bu mavsum birorta ham o'yinda qatnashmadi. U yozda erkin agentga aylanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Liverpool Echo