"Liverpul" yarim himoyachisi Chempionlar ligasi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2021
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppninig aytishicha, xavbek Nabi Keyta jarohat tufayli Chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda qatnashmaydi.

"Nabi sonida og'riq sezayotganini aytdi. Albatta, Keyta ertaga yoki indinga tibbiy ko'rikdan o'tadi va biz anig'ini bilib olamiz. U keyingi o'yinda ishtirok etmasa kerak", – dedi Klopp.

"Liverpul" va "Atletiko" o'rtasidagi baxs 3 noyabr kuni o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com