"Liverpul" va "Tottenxem" MYU sobiq futbolchisi uchun kurashadi

Alisher
2 dek 2019, 11:30
"Lion" hujumchisi Memfis Depay APLga qaytishga yaqin.

25 yoshli o'yinchi o'zining o'yinlari bilan "Liverpul" va "Tottenxem" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. Aynan shu ikki klub universal hujumchi uchun raqobatlashishmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted"ning o'zi ham Depayni ortga qaytarmoqchi va futbolchini sotib olish uchun imtiyozga ega.

Gollandiyalik futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 10ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Sunday Mirror