Liverpul va Man Siti bitta futbolchiga qiziqib qolishdi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2017, 08:31
Nicca yarim himoyachisi Jan-Mikael Seri PSJ va Angliya premer-ligasi klublari e'tiboriga tushdi.

26 yoshli Kot-d’Ivuarlik  futbolchi APLga o'tmoqchi.

Liverpul va Manchester Siti skautlari Serini bir necha bor kuzatishdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Nicca Barselona bilan Seri borasida kelishuvga erishgandi, ammo so'nggi pallada Kataloniya klubi transfyerdan voz kechgandi.

Bu mavsumda futbolchi Fransiya chempionatining 10ta o'yinida 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk