"Liverpul" va "Arsenal"ga 65-70 mln funtlik o'yinchi qiziq

Alisher Ostonov
17 may 2025
"Vest Xem Yunayted" klubi qanot hujumchisi Muhammad Kudusni sotib yuborishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Uning ehtimoliy kyetishi bo'yicha muzokaralar yaqin haftalarda tezlashishi kutilmoqda.

Manbaga ko'ra, ganalik futbolchiga "Liverpul" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda. Kudusning shartnomasida uning tovon puli 84 mln funt etib belgilangan, ammo londonliklar 24 yoshli vingerni 65-70 mln funt evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Kudus joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 50 mln evroni tashkil etadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: TBR Football