"Liverpul" sobiq futbolchisi Riera "Bordo"ga bosh murabbiy bo'ldi

Nozimov Nig'monxo'ja
15 okt 2023, 08:42
Albert Riera "Bordo" bosh murabbiyiga aylandi.

Ispaniyalik 41 yoshli mutaxassis francuz klubi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish varianti bor. 

Riera 2003 yildan 2005 yilgacha "Bordo"da futbolchi sifatida o'ynagan.

"Liverpul" va Ispaniya milliy jamoasi sobiq yarim himoyachisining so'nggi ish joyi Sloveniyaning "Cele" jamoasi bo'lgan, avvalroq u Lyublyananing "Olimpiya" klubini ham boshqargan.

10-turdan keyin Bordo Liga 2 turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com