"Liverpul" sobiq futbolchisi murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanishni boshladi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2021
36 yoshli Daniel Agger yuqori divizion uchun kurashayotgan Daniya birinchi divizioni vakili XB "Kyoge" ustoziga aylandi.

"Liverpul" sobiq yulduzi bunday kichik klubda murabbiylik faoliyatini boshlash u uchun ajoyib imkoniyat ekanligini aytdi. Shuningdek, jamoada "Everton" sobiq himoyachisi  Lars Yakobsen ham ish boshladi. U klubda Aggerga ko'maklashadi. 

Agger va Yakobsenning XB "Kyoge" bilan shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan. Premer-liga sobiq himoyachilari jamoani Daniya Superligasiga olib chiqishni maqsad qilishgan.  Bu haqda Daniel shunday dedi: 

"Ish boshlashni va yana bosim ostida bo'lishni sabrsizlik bilan kutyapman".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC

O'xshash yangiliklar