"Liverpul" "Sassuolo" forvardi Domeniko Berardiga qiziqmoqda

Alisher
19 iyun 2021, 15:19
"Liverpul" "Sassuolo" hujumchisi Domeniko Berardiga qiziqmoqda.

Mersisaydliklarga 26 yoshli italiyalik futbolchining Evro-2020dagi o'yinlari yoqmoqda. Transfer ingliz klubiga 43 million funtga tushishi mumkin.

Berardi 2020/21 yilgi mavsum "Sassuolo" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Forvard Evro-2020 doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Express