"Liverpul" Salaxga o'rinbosarni Bavariyadan topib qo'ydi

Nozimov Nig'monxo'ja
18 okt 2023, 09:12
"Liverpul" klubi Saudiya Arabistoni klublarining Muhammad Salax transferi bo'yicha jiddiy takliflaridan so'ng uning o'rniga o'rinbosarni ko'z ostiga olgan.

Sport1 xabariga ko'ra, "Liverpul" rahbariyati va bosh murabbiy Yurgen Klopp Muhammad Salax bilan xayrlashgan taqdirda, uning o'rniga "Bavariya" vingeri Leroy Saneni taklif etmoqchi. Germaniyalik futbolchi mersisaydliklar qiziqishlari doirasida turibdi. 

Avvalroq, Salaxga Saudiya Arabistoni klublaridan 150 million evrolik taklif borligi xabar qilingandi. 

Ma'lumot uchun, 27 yoshli Sanening Myunxen klubi bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilga qadar imzolangan.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: sports.ru