"Liverpul" O'zbekistonga qarshi o'ynagan futbolchiga ko'z tikmoqda

Sherzod Nurmatov
9 fev 2024
"Qizillar" Entoni Robinsonga qiziqish bildirmoqda.

"Liverpul" "Fulxem" himoyachisi Entoni Robinsonga e'tibor qaratmoqda, deya xabar berdi "Football Insider".



Xabarlarga ko'ra, "qizillar" 26 yoshli Robinsonni yozgi transfer maqsadi sifatida belgilab oldi. Himoyachining o'zi dekabr oyida "kottejerlar" bilan shartnomasini uzaytirgandi.

Entoni Robinson joriy mavsum "Fulxem" safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U o'tgan yili sentyabr oyida AQsh terma jamoasi tarkibida O'zbekistonga qarshi o'yinda harakat qilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider