"Liverpul" Nabi Keyta bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda

Alisher
2 iyun 2022, 17:17
"Liverpul" yarim himoyachi Nabi Keyta bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Mersisaydliklar shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan 27 yoshli gvineyalikni saqlab qolmoqchi.

Keyta 2018 yilning iyulidan beri "Liverpul"da o'ynamoqda.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic