"Liverpul" - "Manchester Yunayted". Joze Mourinyoning "Enfild"dagi statistikasi qanday?

Mirjalol Normatov
16 dek 2018, 11:31
Bugun 21:00da APLning 17-turi doirasidagi markaziy "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi start oladi.

Ushbu bahsdan oldin Joze Mourinyoning "Enfild"dagi natijalari e'tiborimizni tortdi. Portugaliyalik murabbiyning jamoalari APL doirasida ushbu o'yingohda 8 o'yinda 4 marta g'alabaga erishgan. Muvaffaqiyatlar foizi 50ni tashkil qiladi. 

Bu APLda ishlagan murabbiylar orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports