"Liverpul" - "Manchester Siti" o'yinida urilgan gollarda qoida buzilganmidi?

Aslanov Jasurbek
11 noya 2019, 12:42
Kecha, 10 noyabr kuni "Liverpul" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi uchrashuvda sodir bo'lgan bahsli vaziyatlarni tahlil qilamiz.

"Liverpul" 13 daqiqa ichida "Siti" darvozasiga 2ta gol urdi. O'yin dinamikasida ikkala gol bo'yicha savollar paydo bo'ldi.  Birinchidan, Fabinoning goli bilan yakunlangan vaziyatdan oldin Trent qo'li bilan o'ynagandek ko'rindi. Ikkinchidan, Saloh darvozani ishg'ol qilganda ofsayd borasida shubhalar paydo bo'ldi.


Hakamlar ikkala golni ham hisobga olishdi va to'g'ri qilishdi.


Fabinoning goli

Golli vaziyat bo'yicha savollar yo'q, ammo yarim daqiqa oldin "Liverpul" jarima maydonchasi ichida sodir bo'lgan vaziyatga e'tibor qaratish kerak. To'p Trentning qo'liga tekkani aniq. Goldan so'ng qiziq voqea sodir bo'lishi mumkin edi: "Liverpul"ning goli bekor qilinib, "Manchester Siti" penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Serxioning fikricha, Trent qo'li bilan o'ynagandi. U xatto to'p uchun kurashni to'xtatib, hakamga etiroz bildirishni boshladi.

Ammo Maykl Oliver "qizillar"ning golini hisobga oldi. "Liverpul" jarima maydonchasi ichidagi vaziyatda to'p avval Bernardu Silvaning qo'liga tekkan ekan.


Salohning goli

"Liverpul" ikkinchi golni urganidan so'ng qiziq takroriy lavha ko'rsatildi: Gol bo'lishidan avval Endi Robertson to'p uzatayotgan vaqtda Muhammad Salohda ofsayd bordek tasavvur uyg'ondi.

Translyatsiya rejissyorlari chiziqli lavhani juda uzoq tayyorlashdi, ammo ko'rsatishganda shubha qolmadi: Jon Stouns tufayli o'yindan tashqari holat bo'lmagan.



Liverpul – Manchester Siti 3:1 (2:0, 1:1)

"Enfild"

Gollar: 1:0 – 6 Fabino, 2:0 – 13 Salax, 3:0 – 51 Mane, 3:1 – 78 Bernardu Silva.

"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Xenderson (Milner, 61), Fabino, Veynaldum, Salax (Gomes, 87), Firmino (Oksleyd-Chemberlen, 79), Mane.

"Manchester Siti": Bravo, Uoker, Stounz, Fernandino, Anxelino, Rodri Ernandes, Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 71).

Ogohlantirishlar: Rodri Ernandes (65), Gabriel Jezus (90).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru