Liverpul klubi "Manchester Yunayted" futbolchisini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi

Alisher
15 fev 2020
Liverpulning "Everton" klubi himoyachi Kris Smolling bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Ko'klar" "Manchester Yunayted" himoyachisini ijaraga olishmoqchi. Kris hozirda "Roma"da ijara asosida o'ynamoqda.

Angliyalik futbolchi hozirda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, ammo rimliklar yana Chempionlar Ligasida o'ynamasliklari mumkin va bu holatda angliyalik himoyachining jamoa tarkibini tark etishi haqiqatga yaqinroq.

Eslatib o'tamiz, Kris Smolling joriy mavsum A Seriyada 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports