"Liverpul" "Inter" futbolchisi uchun 70 million evro to'lashga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
16 iyul 2021
Yarim himoyachi Nikolo Barella "Inter"dan ketishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, milanliklar futbolchini sotmoqchi emaslar. Ammo "Liverpul" Barella uchun 70 million to'lashga tayyor. Bunday taklif "Inter" rahbariyatini o'ylantirib qo'ygan. 

Unga mersisaydliklar ustozi Yurgen Kloppning shaxsan o'zi qiziqmoqda. 

Italiyalik futbolchi o'tgan mavsumda A Seriyaning 36 ta o'yinida maydonga tushgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia