"Liverpul" himoyachisi bilan shartnomasini uzaytirdi
Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 11:59
"Liverpul" matbuot xizmati jamoaning chap qanot himoyachisi Endryu Robertson bilan shartnomani uzaytirilganligini ma'lum qildi.
Unga ko'ra, futbolchining yangi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. U bunga qadar "Liverpul" tarkibida 56 o'yinda qatnashib, 1 gol urishga muvaffaq bo'ldi.