"Liverpul" hali Oksleyd-Chemberlenga yangi shartnoma taklif qilmadi

Alisher
10 may 2022, 11:58
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen klubdagi kelajagi borasida bosh qotirmoqda.

28 yoshli angliyalik futbolchi kelajagidan qo'rquvda, sababi klub rahbariyati unga yangi shartnoma borasida murojaat qilmadi.

Xavbek 20 martdan beri maydonga tushmaydi. Oksleyd-Chemberlenning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Mail