"Liverpul" Gyotce uchun "Bavariya"ga 25 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
13 may 2016
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Bavariya" yarim himoyachisi Mario Gyotce xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydlar Germaniya terma jamoasi futbolchisi uchun 25 mln. evro taklif qilishgan. Gyotcening o'zi Evro-2016dan so'ng kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilmoqchi.

Nemis OAVning ma'lum qilishicha, ayni damda futbolchiga qiziqish bildirayotgan yagona jamoa - "Liverpul".

Oldinroq "Bavariya"ning bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Gyotcega faoliyatini boshqa klubda davom ettirishni maslahat bergan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail