"Liverpul" Germaniya terma jamoasi o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
12 fev 2020, 15:37
"RB Leyptsig" hujumchisi Timo Verner "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

23 yoshli nemis futbolchisining transferiga shaxsan mersisaydliklar murabbiyi Yurgen Klopp qiziqish bildirmoqda.

Xabar berilishicha, tomonlar hali kelishuvga erishishmadi. Vernerning tovon puli yozda 60 million evroni tashkil etadi.

Forvard joriy mavsum Bundesligada 21ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild