"Liverpul" Germaniya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
29 sen 2021
Germaniya va Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Mattias Ginter navbatdagi top-klub e'tiboriga tushdi.

27 yoshli futbolchiga "Liverpul" shartnoma taklif qiladi.

Mattiasning gladbaxliklar bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 30 mln evroga baholanmoqda.

Ginter joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal