“Liverpul” futbolchisi uchun APLning 3 klubi kurashadi

10 avg 2020, 08:32
Harri Uilson faoliyatini yana boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

“Sautgempton” “Liverpul”ga tegishli bo'lgan Harri Uilson uchun kurashga qo'shildi. Avvalroq Uilsonning xizmatlariga “Lids” hamda “Nyukasl”dan qiziqish borligi aytilgan edi. Mersisaydliklar Uilson bilan xayrlashishga tayyor. Ammo uni 20 mln funtdan kamiga sotishga rozi bo'lmasliklarini ma'lum qilgan. 23 yoshli Uilson 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida “Bornmut” safida o'tkazdi. U klub safida 31 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi.


Manba: Dail Mail