"Liverpul" futbolchisi "Aston Villa"ning transfer nishoniga aylandi

Mirjalol Normatov
22 fev 2022
"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes "Aston Villa" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Football Insider" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi Birmingem klubining yozgi transferlar oynasi vaqtidagi asosiy nishoniga aylangan. Gomesning "qizillar" bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Uning transfer summasi 25 milllion evroga teng.

Ushbu mavsumda Jo mamlakat chempionatida 5 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider