"Liverpul" yetakchisi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 noya 2018, 19:10
"Liverpul" yetakchisi Sadio Manening YCHL doirasida PSJga qarshi o'yinda qatnashishi so'roq ostida.

"Evening Standard" xabariga ko'ra, senegallik futbolchi muhim o'yin oldidan biroz kasal bo'lib qolgan. Uning o'yinda qatnashishini murabbiylar shtabi hal qiladi.

PSJ - "Liverpul" uchrashuvi ertaga tunda bo'lib o'tadi. 26 yoshli Mane bu mavsumda mersisaydliklar tarkibida 17 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard