"Liverpul" "Chelsi" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
21 sen 2021, 15:10
Londonning "Chelsi" klubida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan hujumchi Kallum Xadson-Odoi boshqa bir ingliz klubiga o'tishi mumkin.

20 yoshli futbolchi bilan "Liverpul" bilan shartnoma imzolamoqchi. Mersisayd klubi rahbariyati o'yinchini yanvarda transfer qilishga tayyor.

Kallum 2019 yilning yanvaridan beri "aristokratlar" safida o'ynaydi. O'yinchining londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushdi va 82 daqiqa harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: Liverpool Echo