"Liverpul" "Arsenal" futbolchisini nishonga oldi

Alisher
9 may 2020, 11:31
"Liverpul" "Arsenal" vingeri Bukayo Sakani xarid qilmoqchi.

Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Kloppga yosh futbolchining mahorati katta taassurot qoldirgan.

Ammo, "kanonirlar" o'yinchilari bilan shunchaki xayrlashmoqchi emaslar. Ular Sakaga 5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyorlar. Transfermarkt futbolchini 20 million evroga baholamoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 8ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider