Lippi "Napoli"ga qaytishi mumkin

Alisher
17 mar 2021
Italiyalik sobiq murabbiy Marchello Lippi "Napoli"da texnik direktor lavozimini egallashi mumkin.

"Otam bunday variantlarni rad etmaydi. Agar shunaqa taklif tushsa, u ko'rib chiqadi. Hozir aniq narsa yo'q. Biz "Napoli" bilan bog'lanmadik", - deydi uning o'g'li va futbol agenti Davide Lippi.

Marchello Lippi neapolliklarni 1993/94 yillarda boshqargan va jamoa 6-o'rinni egallagan, shundan so'ng u "Yuventus"ga yo'l olgan.

72 yoshli Lippi oktyabrda murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi, u jami 19ta turnirni, jumladan JCH va YCHLni yutdi.


AlisherMuallif
Manba: Radio Kiss Kiss