"Lion"da Dembelega ehtimoliy o'rinbosar topildi. U "Chelsi" futbolchisi

Alisher
3 sen 2020
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru "Lion"ga o'tishi mumkin.

33 yoshli fransiyalik futbolchi "Lion"da "Manchester Yunayted" qiziqayotgan Mussa Dembelening o'rinbosari bo'lishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "ko'klar" forvardiga shuningdek MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Jiru yakunlangan mavsum APL doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Soccer Link