"Lion" "Zenit"ga Azmun borasida taklif bilan chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
30 dek 2021
"Lion" "Zenit" futbolchisi Serdar Azmun bo'yicha rasmiy taklif yubordi.

Fransiyaliklar eronlik futbolchi uchun 4 million evro to'lashga tayyorlar. 

"Zenit" esa hozircha shoshilmayapti. Chunki klub avvalo 26 yoshli futbolchining o'rniga boshqa nomzod topishi lozim. 

Avvalroq, Azmun "Zenit"da mavsum oxirigacha qolishi va yozda erkin agent sifatida klubdan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Get French Football News