"Lion" qishda Azmun uchun 7-8 million evro to'lashga tayyor. "Zenit" hujumchisi - klubning asosiy maqsadi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021
"Zenit" forvardi Serdar Azmun qishki transfer oynasida "Lion"ning asosiy maqsadi bo'lib turibdi.

Francuz klubi eronlik futbolchi uchun 7-8 million evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Azmun va "Zenit" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yozida yakunlanadi. Yozgi transfer oynasida "Lion" forvard uchun 16 million evro to'lashga tayyor edi, biroq bu amalga oshmay qoldi.

26 yoshli hujumchi joriy mavsumda RPLning 9 o'yinida 5 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Foot Mercato