"Lion" prezidenti: "Messi bizga qarshi bor kuchi bilan o'ynamagan"

Aslanov Jasurbek
19 fev 2019
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olyas "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final o'yinidan oldin kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Biz 2004 yilda Ronaldusi bor "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynaganmiz, o'shanda Krishtianu haqiqiy raketa edi. Bekxem va Messi kabi yigitlarga qarshi bahslar o'tkazganmiz, biroq argentinalik biz bilan bo'lgan uchrashuvlarda bor kuchi bilan o'ynamagan. Ertaga ham shunday bo'ladi deb umid qilamiz. Agar Leo shamollab qolsa, bu bizga foyda beradi" - deydi "Lion" prezidenti.

"Lion" hamda "Barselona" o'rtasidagi ilk uchrashuv bugun Fransiyadagi "Stad de Lyumer" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express