"Lion" prezidenti: "Depay kyetish haqida o'ylamoqda"

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 16:16
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas jamoa yarim himoyachisi Memfis Depay bilan shartnomani uzaytirish borasidagi rejalar haqida gapirdi.

Amaldagi shartnoma 2021 yil yozida o'z kuchini yo'qotadi.

"Hozircha menda yangiliklar yo'q. Memfis klub ixtiyoriga qaytganida bu borada gaplashib olishga vada berdi.

Biroq agentning aytishiga ko'ra, Memfis kyetish haqida o'ylamoqda. Agarda jamoa evrokuboklarga yo'llanma olmasa, u klubdan kyetishi mumkin.

Futbolchilarni saqlab qolish uchun qo'limdan kelganini qilaman. Ammo evrokuboklar ishtiyoqidagi futbolchi istalgan klubiga kyetishi mumkin. Usiz jamoa yolg'izlanib qolmaydi", - dedi Olas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Get French Football News