"Lion" muxlislari futbolchilardan yashil butsa kiymaslikni talab qilmoqda

Оқил Абдубарноев
29 avg 2022, 00:49
Fransiyaning "Lion" klubi muxlislari kelgusi bahslarda yashil butsa kiyishni to'xtatishni talab qilmoqda.

Adidas kompaniyasining X Speedportal nomli yangi butsalari yashil rangga ega va 13 futbolchi ushbu turga yaqin butsalardan foydalanadi.

Entoni Lopes, Malo Gusto, Tete, Hussem Auar, Ekambi kabi futbolchilar shu rangdagi tishli butsalardan foydalanadi.

Jamoaning "Troya"ga qarshi o'yinida (4:1) bazi muxlislar bu rangdagi butsalardan g'azablanishini izhor etgan banner ko'tarishdi.

Bannyerda yashil butsalar tasviri bo'lgan va buni taqiqlashga oid qizil rangli belgi chizilgan, yani bu urf-odatlarga hurmatsizlik manosida qayd etilgan.

Muxlislarga yashil rang yoqmaganligining sababi oddiy - "Lion"ning ashaddiy raqiblaridan biri "Sent-Eten" yashil libosda o'ynaydi, shu bois muxlislar bunday o'xshashlikni istamaydi.

Muammo shundaki, futbolchilar butsa kiyish uchun kompaniyalar bilan shartnoma tuzadi, shuning uchun uni almashtirish oson bo'lmaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sportbible