"Lion" Lyakazettni ortga qaytarish istagida

Sherzod Nurmatov
13 fev 2022
"Arsenal"ning fransiyalik hujumchisi Aleksandr Lyakazett yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Lion" futbolchini "kanonirlar" bilan shartnomasi yakunlanganida erkin agent sifatida qo'shib olmoqchi.

Qayd etilishicha, Fransiya jamoasi rahbariyati Lyakazettga yaxshi moliyaviy taklif bilan chiqishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, 1998 yildan 2017 yilgacha "Lion" safida to'p tepgan Lyakazettning "Arsenal" bilan hamkorligi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal