"Lion" Loran Blanni ishdan bo'shatdi

Omonjon To`xtamirzayev
11 sen 2023
"Lion" jamoa bosh murabbiyi Loran Blanni iste'foga chiqardi.

Vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini Blan murabbiylar shtabi vakili Jan-Mishel Vyullej bajaradi.

"Lion" bosh murabbiyi bo'lishga asosiy nomzod sifatida italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzo tilga olinmoqda. Uni klubga futbol agenti Jorje Mendesh tavsiya qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Blan "Lion"ni 2022 yil oktbyar oyidan buyon boshqarib kelayotgandi va shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangandi. Fransiya chempionati yangi mavsumining dastlabki 4 turidan keyin jamoa 1 ochko bilan oxirgi o'rinni band etib turibd.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: L'Equipe