"Lion" keyingi bosqichda, "Benfika" Yevropa ligasida, Azmunning avtogoli esa "Zenit"ga qimmatga tushdi

YCHL. "G" guruhidagi vaziyat ham oydinlashdi.

6-tur boshlanishidan oldin rus klubi bir oyog'i bilan pley-offda turgandi. Ammo jamoaning Lissabondagi yirik hisobdagi mag'lubiyati EL eshiklarini ham yopib qo'ydi. O'z uyida iroda namoyish qilib, "Leypcin" bilan arang durangga erishgan "Lion" 8-ochko bilan keyingi bosqichga ikkinchi o'rinda yo'llanma olgan bo'lsa, to'plar nisbatiga ko'ra "Zenit"ni ortda qoldirgan "Benfika" 7 ochko bilan 3-o'rinni egallagani holda Yevropa ligasida javlon urish huquqini qo'lga kiritdi. Takidlash lozimki, agar ruslar 3-golni o'tkazib yuborishmaganda "Benfika" bilan o'rin almashgan bo'lishardi. Eslatib o'tamiz, bu gol o'yinning 79-daqiqasida Eron terma jamoasi yetakchilaridan biri Sardor Azmun tomonidan o'z darvozasiga kiritildi.

Benfika Portugaliya – Zenit Rossiya 3:0 

11 dekabr, 01.00, Eshtadiu da Lush

Gollar:

1:0 – 47 Servi, 2:0 – 58, penalti Picci, 3:0 – 79, avtogol Azmun.

Benfika – Vlaxodimos, Grimaldo, Ruben Diash, Tomash Tavaresh, Ferru, Picci, Gabriel (Samaris, 81), Servi (Seferovich, 81), Taarabt, Shikinyu, Vinisius (Kayo, 89).

Zenit – Kerjakov, Karavaev, Osorio, Duglas Santos, Ivanovich, Shatov (Mak, 90), Eroxin (Sutormin, 65), Barrios, Ozdoev (Smolnikov, 60), Azmun, Dzyuba.

Ogohlantirishlar:

Duglas Santos (17), Gabriel (19), Ozdoev (43), Eroxin (55).

Chetlatish:

Duglas Santos (56).

Lion Fransiya – RB Leyptsig Germaniya 2:2

11 dekabr, 01.00, Grupama Stedium

Gollar:

0:1 – 9, penalti Forsberg, 0:2 – 33, penalti Verner, 1:2 – 50 Auar, 2:2 – 82 Depay.

Lion – Antoni Lopesh, Andersen, Denayer, Tete, Rafael (Marsal, 73), Tere (Marselo, 87), Auar, Tiago Mendes, Tuzar (Ren-Adelaid, 64), Dembele, Depay.

RB Leyptsig – Gulachi, Klostermann, Mukiele, Upamekano (Ampadu, 55), Sarakki, Forsberg, Aydara, Demme, Nkunku (Laymer, 75), Verner (Mateus Kunya, 55), Poulsen.

Ogohlantirishlar:

Upamekano (2), Tiago Mendes (33), Mukiele (53), Sarakki (62).



Manba: championat.asia