"Lion" bosh murabbiyi: "Zenit"ni yutish kerak, ammo bu hal qiluvchi bahs emas"

"Lion" bosh murabbiyi Silvino Chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Zenit" klubiga qarshi o'yin oldidan o'z firklarini bildirib o'tdi.

– "Zenit" haqida nimalarni o'ylayapsiz?

– Birinchi navbatda Denayerni o'ylamoqdaman. Uni jamoa sardori sifatida tanladim. G'alaba qozonishimizni istamoqdamiz va qiziqarli o'yin bo'lishi kutilmoqda. "Zenit" – uzoq yillardan beri raqiblarga ochko ulashadigan raqib emasligini isbotlab kelmoqda. Ularda guruh bosqichidan o'tib olish imkoniyatlari bor.


– "Zenit" kam gol o'tkazib yubormoqda. Ularning zaif nuqtasi nimada?

– Ha, ularga gol urish qiyin. Raqibni kutib olishda juda tez harakatlanishadi. Dzyuba – faqat boshda emas, balki oyoqda ham ajoyib o'yin ko'rsatadi. Ular mahalliy chempionatda yuqorida borishmoqda, biroq piterliklarni mag'lub etishga harakat qilamiz. 


"Lion" – "Zenit" uchrashuvi 17 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:55da boshlanadi.


Manba: sports.ru