Lingard jismoniy holatini ushlab turish uchun Saudiya jamoasida shug'ullanib turadi

Nozimov Nig'monxo'ja
24 sen 2023
Ayni vaqtda erkin agent maqomidagi “Manchester Yunayted” sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingard yaqin bir oyni Saudiya Arabistonida o'tkazadi.

30 yoshli futbolchi jismoniy holatini yaxshi holatda ushlab turish uchun bir oy “Al Ittifoq” mashg'ulotlarida ishtirok etadi. 

Lingardning so'nggi jamoasi “Nottingem Forest” hisoblanadi. Angliya termasining sobiq futbolchisi iyun oyida APL jamoasi bilan xayrlashgandi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: fapl.ru